iPhone telefonlariga yangi funksiya qo‘shildi
Endi ularda qo‘ng‘iroqlarni yozib olish mumkin.

Iphoneʼlarda ilk bor qo‘ng‘iroqlarni yozib olish funksiyasi paydo bo‘ldi.
Apple kompaniyasi mobil qurilmalari uchun iOS operatsion sistemasining 18.1 yangilanishlarini taqdim qildi. Endilikda barcha «ayfonchilar» softvareʼni yangilab, qo‘ng‘iroq vaqtida ovoz yozib olish hamda boshqa yangi funksiyalardan foydalanishi mumkin.
Apple Intellegense — Siriʼning takomillashgan, sunʼiy intellekt bilan ishlaydigan qismi esa hozircha iPhone 15 pro va undan yuqori modellarda ishlaydi.







