Hi-Tech

Toshkentda O‘zbek-Eron innovatsion texnologiyalar forumi bo‘lib o‘tadi

Ushbu forum “InnoWeek-2024” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida o‘tkaziladi.

Toshkentda O‘zbek-Eron innovatsion texnologiyalar forumi bo‘lib o‘tadi

14–16 noyabr kunlari “Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” shiori o‘tkazilayotgan “InnoWeek-2024” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida — O‘zbek-Eron innovatsion texnologiyalar forumi bo‘lib o‘tadi.

 

Unda Eron tadbirkorlari bilan quyidagi sohalarda B2B uchrashuvlar o‘tkaziladi:

 

⚫️Farmatsevtika va sog‘liqni saqlash;

⚫️Qishloq xo‘jaligi va veterinariya;

⚫️Axborot texnologiyalari;

⚫️Neft-gaz va kimyoviy texnologiyalar;

⚫️Konchilik va metallurgiya sanoati;

 

Maʼlumot o‘rnida, O‘zbekiston va Eron o‘rtasida biotexnologiya, to‘qimachilik, elektrotexnika, kimyo, farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi sohalarda hamkorlik ko‘lami yildan-yilga kengayib bormoqda. Savdo ko‘rsatkichlari va kooperatsiya loyihalari natijasida mamlakatimizda Eron kapitali ishtirokidagi korxonalar soni barqaror oshib bormoqda.

 

Haftalik doirasida tashkil etiladigan O‘zbek-Eron ishbilarmonlar forumida Eron Islom Respublikasidan tashrif buyurgan tadbirkorlar, ilm-fan vakillari hamda 100 nafardan ortiq mahalliy kompaniyalar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Toshkentda O‘zbek-Eron innovatsion texnologiyalar forumi bo‘lib o‘tadi | Zamon.uz