Eng yaxshi innavatorlar “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Tanlovga jami 97 nafar ishtirokchi hujjat topshirdi.

“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 oktyabrdagi 786-son qarori bilan taʼsis etilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etilgan 42 nafar nomzodning loyiha va hujjatlari Respublika komissiyasi aʼzolari tomonidan ko‘rib chiqilib, baholandi. “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni komissiya aʼzolari tomonidan hisoblab chiqilgan eng yuqori ball to‘plagan 14 nafar nomzodga topshirildi va arizaga ko‘ra, har bir hududdan 1 nafardan nomzod taqdirlandi:
1. Туремуратова Бийбиназ Кенесбай қизи - Қорақалпоғистон Республикаси
2. Хашимов Халимжон Хамиджанович - Андижон вилояти
3. Ганиев Бахтиёр Шукуруллаевич - Бухоро вилояти
4. Мусаев Шароф Мамаражабович - Жиззах вилояти
5. Шодиев Аслиддин Фаҳриддин ўғли - Навоий вилояти
6. Мелибоев Мираъзам Фозилжон ўғли - Наманган вилояти
7. Тошмаматов Бобир Мансурович - Қашқадарё вилояти
8. Сафарова Лола Ўлмасовна - Самарқанд вилояти
9. Алижонов Жасурбек Рустамбек ўғли - Сирдарё вилояти
10. Холмаматов Шерали Рустам ўғли - Сурхондарё вилояти
11. Рашидов Қувончбек Турғунбой ўғли - Тошкент вилояти
12. Абдиназаров Хасанбой Холиқназарович - Фарғона вилояти
13. Садуллаев Санжарбек Мадиярович - Хоразм вилояти
14. Баймурадов Шохрух Махмудович - Тошкент шаҳри

Bugun “InnoWeek.Uz-2024” haftaligi doirasida “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov hamda Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sh.Rajabbayev g‘olib deb topilgan nomzodlar qutlov so‘zi bilan tabriklashdi.

G‘oliblarga oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov hamda Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sh.Rajabbayev sovg‘a va mukofotlarni topshirdi va “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan yosh innovatorlarni tabriklab, kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.









