Hi-Tech

Apple arzon smartfon chiqarmoqchi

U iPhone 14 ko‘rinishida bo‘ladi.

Apple arzon smartfon chiqarmoqchi

Apple kompaniyasi 2025 yilning birinchi choragi oxiri, yaʼni mart oyida hamyonbop iPhone SE 4 smartfonini taqdim etadi. Bu haqida MacRumors portali Barclays tahlilchisi Tom O‘Melliga asoslanib xabar berdi.

 

Taxmin qilinishicha, iPhone SE 4 smartfoni iPhone 14 ko‘rinishida bo‘lib, 6,1 dyuymli OLED-displey, Face ID, A17 Pro yoki A18 flagman chipi, USB-C port, ort panelida 48 Mp kamera, 8 GB operativ xotira hamda ilk Apple 5G modemiga ega bo‘ladi.

 

Eslatib o‘tamiz, uchinchi avlod iPhone SE smartfoni 2022 yil 8 martida chiqarilib, narxi $429 dollar edi, mish-mishlarga qaraganda, yangisi qimmatroq bo‘ladi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"