Benzin va dizel uchun ham soliq stavkasi oshmoqda
Aksiz stavkalari o‘rtacha 10 foizga oshiriladi.

2025 yil uchun davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi munosabati bilan Soliq kodeksiga kiritilgan tuzatishlardan kelib chiqib, kelgusi yilda yoqilg‘i mahsulotlariga aksiz solig‘i stavkalari o‘zgartiriladi.
2025 yil 1 apreldan boshlab benzin, dizel yoqilg‘isi, gaz va boshqa neft mahsulotlariga aksiz stavkalari o‘rtacha 10 foizga oshiriladi. Avvalgi indeksatsiya joriy yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan: stavkalar o‘rtacha 12 foizga oshgan.
Hujjatga ko‘ra, 1 yanvardan boshlab tabiiy gaz uchun aksiz solig‘i stavkasi 20 foizdan 12 foizgacha pasaytiriladi.
1 apreldan yakuniy isteʼmolchilar uchun barcha turdagi benzin uchun aksiz solig‘i oshiriladi.







