O'zbekiston

Xorazm va Farg‘onada bosh mutaxassislar pora bilan ushlandi

Ulardan biri 80 ming AQSH dollari bilan qo‘lga tushgan.

Xorazm va Farg‘onada bosh mutaxassislar pora bilan ushlandi

Xorazm viloyatining Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaroning ishonchiga kirib, boshqa bir fuqaroga tegishli bo‘lgan va Urganch shahrida aholiga transport xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan MCHJga qarashli 960 metr kvadrat bo‘sh yer maydonini kadastr idoralaridagi tanishlari orqali uning nomiga o‘tkazib, u yerda ko‘p qavatli turar-joy qurishi uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 135 ming AQSH dollari talab qilib, shundan 80 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Huquq-tartibot idoralari tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Yozyovon tumani bo‘limi bosh mutaxassisi xizmat mavqeidan foydalanib, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida pudratchi korxonaning reyting ballarini ko‘tarish hamda tenderga taqdim qilish maqsadida, haqiqatda mavjud bo‘lmagan qurilish texnikalarining texnik pasporti va yorliqlarini tayyorlab berish evaziga 8700 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Yangi jazolar: mast holda takroran rulga o‘tirganlar 2 yilgacha qamalishi mumkin

Yangi jazolar: mast holda takroran rulga o‘tirganlar 2 yilgacha qamalishi mumkin

Noqonuniy poyga, drift, xavfli manyovr va yo‘l bezoriligi uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Nukusda kredit sabab issiqxona auksionga qo‘yildi

Nukusda kredit sabab issiqxona auksionga qo‘yildi

Auksionda issiqxona 30 mlrd so‘mga baholngan.

MIB orqali 4 ta qidiruvdagi mashina topildi

MIB orqali 4 ta qidiruvdagi mashina topildi

Ijro hujjatiga ko‘ra, transport vositalari egalarining 100 mlndan oshiq miqdorda qarzdorlik bo‘lgan.

Toshkentda Cobalt salonida gaz chaqnadi: haydovchi jarohatlandi

Toshkentda Cobalt salonida gaz chaqnadi: haydovchi jarohatlandi

Chaqnash so'ng yong‘in yuz bermagan.

247 mlrd so‘mlik qoidabuzarlik: bojxona to‘lovidan bo‘yin tovlaganlarga jazo kuchaytiriladi

247 mlrd so‘mlik qoidabuzarlik: bojxona to‘lovidan bo‘yin tovlaganlarga jazo kuchaytiriladi

Shuningdek, pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy aylanishiga oid ayrim jinoyatlarni tergov qilish vakolati bojxona organlariga berilishi taklif etilmoqda.

Uy foydalanishga topshirilmagan bo‘lsa, ko‘chib kirishga ruxsat yo‘q: yangi jazo belgilanmoqda

Uy foydalanishga topshirilmagan bo‘lsa, ko‘chib kirishga ruxsat yo‘q: yangi jazo belgilanmoqda

Senat foydalanishga topshirilmagan ko‘p qavatli uylarga fuqarolarni joylashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilovchi qonunni ma’qulladi.

Ohangaronda Lacetti piyodani urib yubordi: erkak voqea joyida halok bo‘ldi

Ohangaronda Lacetti piyodani urib yubordi: erkak voqea joyida halok bo‘ldi

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan bo‘lgan.

Reklama ovozi teleko‘rsatuvdan baland bo‘lmasligi kerak: telekanallarga ogohlantirish

Reklama ovozi teleko‘rsatuvdan baland bo‘lmasligi kerak: telekanallarga ogohlantirish

Raqobat qo‘mitasiga reklama bloklari ovozining haddan tashqari balandligi yuzasidan tomoshabinlardan murojaatlar kelib tushmoqda.