Apple yangi xizmatni ishga tushirishga tayyorlanmoqda
Kompaniyaning yangi mahsuloti nomi Confetti.

Shu haftadan boshlab Apple tadbir taklifnomalari uchun yangi iCloud xizmatini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Kompaniyaning yangi mahsuloti nomi Sonfetti.
Bu haqida taniqli insayder va Bloomberg muxbiri Mark Gurmanning Pover On axborot byulletenining yangi nashriga tayanib xabar berdi.
Gurmanning taʼkidlashicha, Confetti xizmati foydalanuvchilarga odamlarni ziyofatlar, tadbirlar va uchrashuvlarga taklif qilishning yangi usulini taklif qiladi. Ushbu xususiyat alohida dastur orqali mavjud bo‘ladimi yoki mavjud dasturga, masalan, taqvimga qo‘shiladimi, hozircha aniq emas.
Gurman, shuningdek, yangi xizmat o‘tgan haftada keng ommaga taqdim etilgan iOS 18.3 bilan bog‘liqligini taʼkidladi.
Komila Odilova tayyorladi







