“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi
Ayol Xabarovskda Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzganligi sababli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘xtatilgan.

Rossiyaning Xabarovsk shahrida to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi bilan og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi.
“Dunyo” axborot agentligining xabar berishicha, Rossiyaning Uzoq Sharq mintaqasidagi Vladivostok va Xabarovsk shaharlarida vaqtinchalik mehnat faoliyati davomida og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatildi.
Xususan, Xabarovsk shahrida to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi bilan mushkul vaziyatda qolgan o‘zbekistonlik ayolning muammosi hal etilgan.
Ma’lum qilinishicha, ayol Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzganligi sababli mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘xtatilgan. Sud qaroriga ko‘ra, uni mamlakatdan deportatsiya qilish va jo‘natib yuborilguniga qadar chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirish belgilangan.
O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ayol hamda uning farzandlarining O‘zbekistonga xavfsiz qaytishi ta’minlangan.








