Jahon

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Isroil armiyasining G‘azo sektoriga uyushtirgan dron hujumlari oqibatida kamida sakkiz nafar falastinlik, jumladan, to‘rt yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, G‘azoning janubidagi Xon Yunis shahri yaqinidagi al-Mavasi hududida politsiya xodimlariga dron orqali zarba berilgan. Oqibatda besh nafar politsiyachi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlangan. Falastin Ichki ishlar vazirligi xodimlar xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda nishonga olinganini bildirgan.

 

G‘azo shahrining Rimal mahallasiga berilgan navbatdagi zarba oqibatida esa kamida uch kishi, jumladan, to‘rt yoshli bola halok bo‘lgan. Shuningdek, avvalgi hujumda yaralangan yana bir kishi vafot etgan.

 

HAMAS Isroilning hujumlarini qoralab, ularni «qasddan sodir etilgan harbiy jinoyat» deb atadi. Harakat bayonotida politsiyachilarning nishonga olinishi G‘azo sektorida barqarorlikni izdan chiqarish va tiklanish ishlariga to‘sqinlik qilishga qaratilgani ta’kidlangan.

 

Isroil armiyasi esa janubdagi hujumda «terrorchi» nishonga olinganini ma’lum qilgan.

 

Qayd etilishicha, AQSh vositachiligida 2025-yil oktyabr oyida kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay, Isroilning G‘azoga hujumlari davom etmoqda. Kelishuv kuchga kirganidan beri 1 500 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

 

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil oktyabridan buyon Isroil hujumlari oqibatida jami 74 594 nafar falastinlik halok bo‘lgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvada terakt tayyorlanayotgani haqida xabar berilganini tasdiqladi.

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Kuchli yomg‘ir mamlakatda ko‘priklar va transport infratuzilmasiga zarar yetkazgan.

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi koronavirus shtammi Kanada, AQSh va Yevropada aniqlangan.

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

Elchixonasi fuqarolarni mamlakatda noqonuniy yashash va ishlashdan, shuningdek, shubhali ish takliflariga ishonishdan ogohlantirdi.