Hi-Tech

Instagramda “dislike” funksiyasi paydo boʻlishi mumkin

Hozirda u sinovdan oʻtkazilmoqda.

Instagramda “dislike” funksiyasi paydo boʻlishi mumkin

Bu funksiya ayrim foydalanuvchilar eʼtiborini tortib, turli izohlar yigʻishga ham ulgurdi. Kompaniya rahbari Adam Mosseri ham uni sinov tariqasida amal qilayotganini tasdiqlagan.

 

Mosseri “Threads”dagi postida “dislike”lar soni hammaga koʻrsatilmasligi va sizga qoldirilgan shu turdagi izohdan boshqalar xabardor boʻlmasligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, “dislike”lar soni reytinglarda hisobga olinadi.

 

Funksiya foydalanuvchilarga qaysidir sharh yoqmagani haqida muallifni xabardor qilish imkonini yaratadi. Bu sharh tizimining yanada rivojlanishiga yordam berishi mumkin.

 

Taʼkidlash joiz, 2021-yilda Instagram foydalanuvchilarga layklarni yashirish imkonini taqdim etgandi. Bu ijtimoiy tarmoqlarda odamlar oʻrtasidagi bosimni pasaytirishga yordam berishi kerak edi.

Instagramda “dislike” funksiyasi paydo boʻlishi mumkin | Zamon.uz