Hi-Tech

“Telegram” noma’lum kontaktlar haqida yangi ma’lumotlarni taqdim etadi

Bu imkoniyat foydalanuvchilarni firibgarlikdan himoya qilish uchun joriy etilmoqda.

“Telegram” noma’lum kontaktlar haqida yangi ma’lumotlarni taqdim etadi

 

Mashhur messenjer – “Telegram” noma’lum kontaktlar haqida qo‘shimcha ma’lumot ko‘rsatadigan yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda.

 

Yangi funksiya hozirda faqat Android uchun beta-versiyada mavjud bo‘lib, yaqin orada rasmiy tarzda taqdim etilishi kutilmoqda. Ushbu yangilikni avvalroq messenjer asoschisi Pavel Durov o‘z kanalida e’lon qilgan edi.

 

Yangi funksiya orqali foydalanuvchilar quyidagi ma’lumotlarni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi:

  • Kontaktning telefon raqami qaysi mamlakatga tegishli ekani;
  • Uning akkaunti qachon ro‘yxatdan o‘tganligi (oy va yil ko‘rsatiladi);
  • U bilan umumiy guruhlar soni;
  • Akkauntning rasmiy “Telegram” profili ekanligi yoki yo‘qligi.

 

Ayni paytda mazkur funksiya sinov bosqichida, ammo tez orada messenjerning yangi versiyasida barcha foydalanuvchilar uchun taqdim etilishi kutilmoqda.

“Telegram” noma’lum kontaktlar haqida yangi ma’lumotlarni taqdim etadi | Zamon.uz