Suvning organizmga qanday foydalari bor?
Mutaxassislar tongda och qoringa suv ichishni tavsiya qilishadi.

Suv inson organizmi uchun hayotiy muhim ichimlik sanaladi. Uni kunning istalgan vaqtida ichish foydalidir, ammo ertalab och qoringa suv ichish metabolizmni faollashtirish va organizmni tozalashga yordam beradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, bu oddiy odat ortiqcha vazndan halos bo‘lish, ichki organlar faoliyatini yaxshilash va umumiy sog‘liqni mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Och qoringa suv ichishning foydalari:
Metabolizmni faollashtiradi – ertalab iliq suv ichish moddalar almashinuvini tezlashtirib, organizmga foydali moddalarni samarali so‘rish va ortiqcha kaloriyalarni yoqishga yordam beradi.
Organizmni toksinlardan tozalaydi – nahorda suv ichish ovqat hazm qilishni yaxshilab, organizmdagi zararli moddalarni chiqarishga yordam beradi. Buyraklar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali kasalliklarning oldini oladi.
Diqqat va aqliy faoliyatni oshiradi – suv tanani tetiklashtirib, hushyorlik va konsentratsiyani yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlaydi.
Organizm suv bilan to‘yinadi – yetarli suyuqlik ichmaslik suvsizlanishga, charchoq, bosh og‘rig‘i va teri muammolariga sabab bo‘lishi mumkin. Tonggi suv tananing suyuqlik balansini tiklaydi.
Toza suv tanani samarali namlantiradi va suvsizlanishning oldini oladi, choy va qahva esa siydik haydovchi ta’sirga ega bo‘lib, aksincha, organizmdan suyuqlikni chiqarib yuborishi mumkin.
Mutaxassislar uyg‘ongach iliq suv ichishni tavsiya etadi. Ta’bga ko‘ra, unga limon sharbati yoki asal qo‘shish mumkin. Suvni nonushtadan 30 daqiqa oldin, asta-sekin va o‘tirgan holda ichish maqsadga muvofiqdir.







