O‘zbekistonda yangi qo'mita tashkil etiladi
Tashabbus milliy totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan.

O‘zbekistonda Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita tashkil etilishi haqida Prezident farmoni qabul qilindi. Ushbu yangi qo‘mita mamlakatdagi milliy totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikni rivojlantirish, shuningdek, xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash bilan shug‘ullanadi.
Bu qo‘mita ilgari mavjud bo‘lgan Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi negizida tashkil etiladi. U davlat siyosatini amalga oshiruvchi va muvofiqlashtiruvchi asosiy organ sifatida faoliyat yuritadi.
Shuningdek, har yili “O‘zbekiston yagona Vatan!” shiori ostida millatlararo hamjihatlik va vatandoshlarning mamlakat rivojiga qo‘shayotgan hissasi ta’kidlanadigan maxsus anjuman o‘tkaziladi. Xorijdagi o‘zbeklar uchun esa “Uz Global Think” forumi tashkil qilinadi.
Bu yangi tashabbus O‘zbekistonda milliy totuvlikni yanada mustahkamlash va mamlakatning ko‘p millatli jamiyat sifatidagi ijobiy imijini oshirishga qaratilgan.







