Hi-Tech

Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ini xAI'ga sotdi

Kompaniya XAI Holdings nomini oldi.

Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ini xAI'ga sotdi

Milliarder Ilon Mask o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ini sun’iy intellekt bilan shug‘ullanayotgan xAI startapiga sotganini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kelishuv X'ning keng qamrovini xAI'ning ilg‘or sun’iy intellekt texnologiyalari bilan birlashtirish uchun amalga oshirilgan.

 

Birlashgan kompaniya XAI Holdings nomini oldi va uning bozor qiymati 100 milliard dollardan oshgan. Ilon Mask sun’iy intellekt sohasida yetakchi bo‘lishni maqsad qilgan va bu yo‘nalishda AQSh hukumati ham qiziqish bildirgan.

 

Shuningdek, Amazon va Apple kabi yirik reklama beruvchilar X platformasiga qaytishni boshlagan. Maskning AQSh hukumatida Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari etib tayinlanishi ham X platformasining qiymati oshishiga ta’sir qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"