2030-yilda sun’iy intellekt inson darajasiga yetishi mumkin
Tizim murakkab muammolarni hal qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi ta'kidlanmoqda.

Google DeepMind ekspertlari 2030-yilga kelib umumiy sun’iy intellekt (AGI) inson darajasiga yetishini prognoz qilmoqda. AGI tizimi murakkab muammolarni hal qilish va yangi bilimlarni o‘zlashtirish qobiliyatiga ega bo‘ladi, deb ta'kidlamoqda.
Biroq, mutaxassislar AGI tizimining o‘z-o‘zini takomillashtirib, nazoratdan chiqishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Xavfsizlikni ta'minlash uchun, sun’iy intellektdan noto‘g‘ri foydalanishni cheklash va tizim qarorlarini shaffof qilish zarur.
DeepMind ekspertlari, shuningdek, AGI tizimini xavfsiz muhitda rivojlantirish va uning ishlashini to‘g‘ri nazorat qilish muhimligini ta’kidlamoqda.







