Hi-Tech

YouTube AI yordamida videolar uchun musiqalar yaratadi

Tizim mualliflik huquqi muammolarini hal qilish maqsadida yaratildi.

YouTube AI yordamida videolar uchun musiqalar yaratadi

YouTube kontent yaratuvchilarga o‘zlari xohlagan musiqaning bepul instrumental versiyasini yaratish imkoniyatini taqdim etadi, bu esa mualliflik huquqi muammolaridan holi bo‘lish imkonini beradi.

 

YouTube "Music Assistant" deb nomlangan yangi sun'iy intelekt vositasini ishga tushirdi. Bu vosita yordamida kontent yaratuvchilar o‘zlariga kerakli musiqaning bepul instrumental versiyasini yaratishlari mumkin. Ushbu vosita Creator Music beta foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘lib, YouTube bu imkoniyatni asta-sekin kengaytirmoqda.

 

"Music Assistant" vositasi hozirda faqat AQShdagi YouTube Partner Programining a’zolari uchun mavjud. YouTube kelajakda ushbu vositani boshqa hududlardagi foydalanuvchilar uchun ham taqdim etishni rejalashtirmoqda.

 

Tizim foydalanuvchilarga o‘z so‘rovlarini AI'ga, masalan, "motivatsion musiqa" yoki "sport video uchun energiyali musiqa" kabi aniq talablar kiritish orqali ishlaydi. Bu musiqalar mualliflik huquqi muammolaridan xoli bo‘ladi va kontent yaratuvchilar ularni video tahririda xavfsiz ishlatishlari mumkin.

 

YouTube ushbu yangi AI musiqasi vositasini mualliflik huquqi muammolarini hal qilish va kontent yaratuvchilarga bepul va xavfsiz musiqalarni yaratish imkoniyatini berish maqsadida ishga tushirdi. Foydalanuvchilar AI yordamida o‘z xohishlariga mos musiqalarni yaratib, ularni videolarida qo‘llashlari mumkin, shunda musiqaning mualliflik huquqi bilan bog‘liq da’volar yoki cheklovlar yuzaga kelmaydi.

 

Ma'lumot uchun: Bu vosita to‘laqonli mualliflik masalalaridan holi bo‘lganligini anglatmaydi. Foydalanuvchi o‘z video kontentiga mos qo'shiq nomini kiritadi. SI (sun'iy intelekt) uni boshqa instrumentlar yordamida chalingan musiqa versiyasini taqdim etadi, qo'shiq so‘zlari esa tushirib qoldiriladi. Tanlangan musiqaning ritmi va vokali o‘zgargan bo‘lib, so‘zlar tushirib qoldirilgani uchun YouTube algoritmida mualliflik masalasida muammo bo‘lmaydi. Lekin AI musiqaning original versiyasiga o‘xshashroq variantni taqdim etib yuborishi, mualliflik huquqi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi ham mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"