Xitoyda dunyodagi ilk 10G internet tarmog‘i ishga tushirildi
Ushbu tarmoqning kechikishi atigi 3 millisekundni tashkil etadi.

Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib 10G internet tarmog‘ini amaliy foydalanishga joriy etdi. Yangi texnologiya orqali internet tezligi — yuklab olishda 9834 Mbit/s, uzatishda esa 1008 Mbit/s ni tashkil etmoqda.
Ushbu tarmoqning kechikishi atigi 3 millisekund bo‘lib, bu rekord darajada tezlikni anglatadi. Misol uchun, ikki soatlik 8K formatdagi filmni bor-yo‘g‘i 72 soniyada yuklab olish mumkin.
10G texnologiyasi sunʼiy intellekt, virtual reallik va ulkan maʼlumotlar almashinuvi kabi sohalarda yangi imkoniyatlar eshigini ochishi kutilmoqda.







