KXDR yangi avlod esminetsini suvga tushirdi
Unda Kim Chen In ham shaxsan ishtirok etdi.

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen In mamlakatda qurilgan yangi avloddagi birinchi esminetsning suvga tushirilish marosimida ishtirok etdi.
Marosim chog‘ida Kim Chen In bu kema Shimoliy Koreyaning ilg‘or dengiz qudrati sari tashlagan muhim qadami ekanini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi esminets KXDRning mudofaa salohiyatini yana-da mustahkamlab, mintaqaviy xavfsizlikda muhim rol o‘ynaydi.







