O'zbekiston

COP17: O‘zbekistonda yerlarni tiklash uchun yangi investitsiya tashabbuslari ilgari surildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston tajribasi, yerlarni tiklash loyihalarini moliyalashtirish va yangi ilmiy-amaliy markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

COP17: O‘zbekistonda yerlarni tiklash uchun yangi investitsiya tashabbuslari ilgari surildi

 

BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 17-sessiyasi — UNCCD COP17 doirasida O‘zbekiston Milliy pavilyonida “Investitsiyalardan natijalarga” mavzusida parallel tadbir o‘tkazildi.

 

Unda degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash, iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish, ekologik yechimlarni keng joriy etish hamda ushbu yo‘nalishlarga yangi investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, ICBA bosh direktori doktor Tarifa Alzaabi, Green University rektori professor Baxtiyor Po‘latov hamda ICBA CAC postdoktoranti doktor Marg‘uba Rejapova ishtirok etdi.

 

Aziz Abduhakimov o‘z nutqida Qoraqalpog‘iston tajribasi maqsadli investitsiyalar alohida loyihadan tashqarida ham uzoq muddatli samara berishi mumkinligini ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2023-yilda Abu-Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratilgan 5,1 million dollar mablag‘ hisobidan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda ICBA hamkorligida Qoraqalpog‘istonning degradatsiyaga uchragan hududlarida barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihasi amalga oshirilgan.

 

Loyiha doirasida uchta ko‘rgazma maydoni tashkil etilib, iqlimga chidamli ekinlar sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, tuproq va suv resurslaridan samarali foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini takomillashtirish bo‘yicha yondashuvlar ishlab chiqildi.

 

Dastlabki loyiha keyinchalik texnologiya va bilimlarni keng miqyosda yetkazishga qaratilgan tizimga aylantirildi. 2025–2026-yillarda dastur Qoraqalpog‘istonning barcha 15 tumanida 4 144 nafar fermerni qamrab oldi. Yetishtirilib, tarqatilgan sifatli urug‘liklar hajmi esa 20,9 tonnadan oshdi.

 

Tadbirda O‘zbekiston va ICBA hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator yangi tashabbuslar ham taqdim etildi.

 

Xususan, Green University negizida Markaziy Osiyo bio-tuzli qishloq xo‘jaligi va iqlim barqarorligi markazi — CABACRHni tashkil etish taklif qilindi. Markaz dala loyihalari, laboratoriya tadqiqotlari, kadrlar tayyorlash va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etishni yagona platformaga birlashtirishi ko‘zda tutilmoqda.

 

Shuningdek, qiymati 5 million dollar bo‘lgan spirulina tadqiqotlari laboratoriyasini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Mazkur infratuzilma mikroalgalar, suv resurslari va sho‘rlanish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, shuningdek, talabalar, tadqiqotchilar va fermerlarni o‘qitishga xizmat qiladi.

 

Yerlarni tiklashga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini tayyorlash maqsadida “Qurg‘oqchil yerlar” loyihasi laboratoriyasi (Drylands Project Lab)ni tashkil etish taklifi ham bildirildi. Unda loyihalar ekologik va ijtimoiy kafolatlar, budjet, boshlang‘ich ko‘rsatkichlar, samaradorlik mezonlari hamda moliyalashtirish manbalari asosida shakllantiriladi. Tashabbus doirasidagi ilk xalqaro guruhni 2027-yilda Markaziy Osiyo, Mo‘g‘uliston va qurg‘oqchil iqlimga ega boshqa hududlar mutaxassislari ishtirokida shakllantirish taklif etilmoqda.

 

Bundan tashqari, yerlarni tiklash sifatining mintaqaviy standarti va monitoring, hisobot hamda verifikatsiya — MRV tizimini ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi. Mazkur tizimda faqat tiklangan hududlar maydoni emas, balki o‘simlik qoplamining holati, tuproq va suv balansi, unumdorlik hamda ijtimoiy-iqtisodiy natijalarni ham baholash nazarda tutilmoqda. Dastlabki bosqichda ushbu standartni yerlarni tiklash bo‘yicha 5–10 ta loyihada sinovdan o‘tkazish taklif qilindi.

 

Ishtirokchilar, shuningdek, Markaziy Osiyoda yer loyihalarini moliyalashtirishga tayyorlash markazini tashkil etish tashabbusini ko‘rib chiqdilar. Markaz texnik-iqtisodiy tadqiqotlar, MRV tizimini shakllantirish, ekologik va ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, iqtisodiy tahlil hamda moliyaviy tuzilmani ishlab chiqish kabi yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

 

Tayyorlangan loyihalarni kelgusida Global ekologik jamg‘arma, Yashil iqlim jamg‘armasi, xalqaro moliya institutlari, ikki tomonlama hamkorlar va xususiy kapital hisobidan moliyalashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

 

Tadbir yakunida muvaffaqiyatli investitsiyalar keyingi loyihalar uchun asos yaratishi, dalillarga asoslangan tajribani shakllantirishi, texnologiyalarni keng joriy etish va moliyalashtirishga tayyor loyihalar portfelini yaratishi muhim tamoyil sifatida qayd etildi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

custom img

558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev barcha yutuqlar xalqning fidokorona mehnati bilan qo‘lga kiritilayotganini ta’kidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi

Prezident Yangi O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy natijalarini qayd etdi.

custom img

“35 yil — tarix uchun juda qisqa davr, ammo asrga tatigulik davr bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident ishtirokida davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekiston Milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekistonda ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

custom img

Qaysi OTM bitiruvchilari eng ko‘p daromad olmoqda?

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi 170 ta OTMning 249 mingdan ortiq bitiruvchisi mehnat bozoridagi natijalarini o‘rgandi.

custom img

Qatarda o‘zbekistonliklar uchun 5 500 dollargacha maoshli ish o‘rinlari taklif etildi

Ish beruvchi aviachipta, ishchi vizasi, aeroport transferi va tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"