Lifestyle

Londonda ayol miya operatsiyasi vaqtida musiqa chaldi

Bu voqea musiqaning shifo kuchini yana bir bor isbotladi.

Londonda ayol miya operatsiyasi vaqtida musiqa chaldi

Buyuk Britaniyada yashovchi 65 yoshli Denise Bacon ismli ayol Parkinson kasalligiga qarshi o‘tkazilgan murakkab miya operatsiyasi vaqtida klarnet chaldi.

 

Denise 2014 yilda Parkinson kasalligiga chalingan. Kasallik uning yurish, raqsga tushish, suzish va eng muhimi — musiqa chalish qobiliyatiga jiddiy ta’sir qilgan. Shifokorlar unga “chuqur miya stimulyatsiyasi” deb ataluvchi usulni qo‘llashdi. Bu jarayon davomida bemorning miyasi ichiga mayda elektrodlar joylashtirilib, ularning yordamida asab faoliyati barqarorlashtiriladi.

 

Operatsiya paytida bemor hushida bo‘lgan. Shifokorlar unga klarnet chalishni taklif qilishgan, shunda ular elektr stimulyatsiyasining bemorning barmoqlari harakatiga qanday ta’sir qilayotganini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘lishgan. Elektrodlar yoqilgach, Denise’ning o‘ng qo‘l harakati darhol yaxshilangan va u klarnet chalishda davom etgan.

 

Shifokorlar ta’kidlashicha, chuqur miya stimulyatsiyasi Parkinson kasalligi simptomlarini sezilarli darajada kamaytiradi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi.

 

custom img

Zarifa Aliyeva – nur ulashuvchi shifokor, fidoyi olima va g‘amxo‘r ona

Mashhur oftalmolog olima, akademik Zarifa Aliyeva tavalludiga 103 yil to‘ldi. Uning boy ilmiy merosi bugun ham yuksak qadrlanmoqda.

custom img

Telegram endi oddiy messenjer emas, axborot manbayi ham!

Platforma mustaqil raqamli ekotizim sifatida rivojlanib bormoqda.

custom img

Misrda 70 ta futbol maydoniga teng ulkan muzey ochildi

U yerda 100 mingdan ortiq arxeologik artefaktlar namoyishga qo‘yilgan.

custom img

ChatGPT tibbiy va yuridik maslahat berishni to‘xtatadi

OpenAI chat-botdan foydalanish qoidalarini yangiladi.

custom img

Parijda ko‘k rangdagi surat 18,4 mln yevroga sotildi

Bu Fransiyada suratlar uchun eng yuqori narx ekani aytilmoqda.

custom img

Dunyodagi eng badbo‘y hidli gul o‘g‘irlab ketildi

U kolleksionerlar tomonidan katta mablag‘ evaziga sotilishi mumkin.

custom img

Eynshteynning skripkasi auksionda sotuvga qo‘yildi

Uning boshlang‘ich narxi taxminan 270 ming dollar etib belgilangan.

custom img

Siroj Nuriddinov kim edi?

Nima uchun bu insonni deyarli hech kim bilmaydi? Aytilishicha, Sharof Rashidovning asosiy raqiblaridan boʻlgan ekan. Biroq uning Orif Alimov, Rasul Gʻulomov bilan yaqin boʻlgani inobatga olinsa, haqiqatan ham Rashidovga qarshi tomonda boʻlganini taxmin qilish mumkin. Bundan tashqari, Yodgor Nasriddinova rossiyalik muxbirlarga bergan intervyusida Sharof Rashidov bilan oʻzaro sovuqlik boʻlganini koʻp takrorlagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"