INNOPROMda odamsimon robot namoyish qilinmoqda
Hozircha robot faqat harakatlana oladi.

Toshkentdagi INNOPROM ko‘rgazmasida odamsimon robot — G1 Light sayr qilmoqda. O‘zbekistonning raqamli texnologiyalar stendida taqdim etilgan mazkur robot O‘zbekiston va Xitoy mutaxassislari hamkorligida ishlab chiqilgan.
Hozircha robot faqat harakatlana oladi, ammo kelgusida sunʼiy intellekt bilan jihozlanib, to‘liq muloqot qiluvchi va turli xizmatlarni bajara oluvchi yordamchiga aylanishi rejalashtirilgan.
Bu loyiha O‘zbekistonda robototexnika va intellektual yordamchilar yo‘nalishidagi ilk qadamlardan biri sifatida baholanmoqda.







