Xitoyda inson miyasi bilan boshqariladigan robot yaratildi
Robotda “sezgi” va “ijodkorlik” elementlari kuzatilmoqda.

Xitoylik olimlar laboratoriyada o‘stirilgan inson miyasi hujayralarini ishlatib boshqariladigan robot yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu loyiha dunyo ilmiy jamoatchiligi e’tiborini tortmoqda.
Olimlarning ta’kidlashicha, bu robot sun’iy intellektdan ko‘ra tezroq o‘rganish qobiliyatiga ega va energiyani ancha kam sarflaydi. Shuningdek, robotda “sezgi” va “ijodkorlik” elementlari ham kuzatilmoqda.
Tadqiqotchilar ushbu texnologiya kelajakda tibbiyot, sanoat va boshqa sohalarda katta imkoniyatlar yaratishini umid qilmoqda. Shu bilan birga, bunday robotlarning axloqiy va huquqiy jihatlari yuzasidan ham bahslar davom etmoqda.







