Fransiya 2040-yilgacha jangovar robotlar yaratadi
Loyiha 3 yil ichida yakunlanishi kutilmoqda.

Fransiya Qurolli Kuchlari 2040-yilgacha jangovar robotlar ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Loyiha ustida harbiylar, muhandislar, tadqiqotchilar hamda mudofaa sohasi vakillari hamkorlikda ishlamoqda.
Fransiya armiyasi vakillariga ko‘ra, yaqin uch yil ichida robotlar harbiy qismlar tarkibiga kirishi kutilmoqda. Bu armiyada katta texnologik burilish bo‘ladi.
Armiya kelajakdagi jangovar kuchlari qo‘mondoni general Bruno Barats buni “misli ko‘rilmagan yangilik” deb atadi va robotlashtirish harbiy salohiyatni sezilarli darajada oshirishini ta’kidladi.







