Robot-jarroh 137 operatsiyani muvaffaqiyatli yakunladi
Ushbu yutuq global miqyosda keng muhokama qilinmoqda.

Medtronic kompaniyasining “Hugo” nomli robot-jarrohi 137 ta operatsiyadan 98,5 foizini muvaffaqiyatli bajardi. Bu ko‘rsatkich dastlabki rejalashtirilgan 85 foizlik maqsaddan ancha yuqori bo‘lib, texnologik tibbiyot sohasida katta qadam sifatida baholanmoqda.
Ushbu yutuq global miqyosda keng muhokama qilinmoqda. Mashhur milliarder va texnologik tadbirkor Ilon Mask ham bu borada fikr bildirib, kelajakda sun’iy intellekt asosida ishlaydigan robotlar eng tajribali jarrohlarning o‘rnini egallashini ta’kidladi.
Maskning Neuralink kompaniyasi ham aynan robot-jarrohlardan foydalanmoqda. Uning aytishicha, inson bunday aniqlik va tezlikda ishlay olmaydi, va eng nozik jarrohlik amaliyotlari uchun aynan robotlar ideal yechim hisoblanadi.







