Lifestyle

Xitoyda tuxum kattaligida do‘l yog‘di

Holat issiq va sovuq havo to‘qnashuvi natijasida yuzaga kelgan.

Xitoyda tuxum kattaligida do‘l yog‘di

Xitoyning poytaxti Pekinda kuchli do‘l yog‘ib, aholiga va infratuzilmaga sezilarli zarar yetkazdi. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, ba’zi do‘l donalari tovuq tuxumidek katta bo‘lgan. Hodisa kechki payt shaharning bir nechta hududlarida kuzatildi.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday kuchli do‘l yog‘ishi kunduzgi issiq havo va kechki sovuq havo to‘qnashuvi natijasida yuzaga kelgan. Kunduzi harorat 30 darajadan oshgan, kechasi esa sovuq havo oqimi kelishi natijasida atmosfera beqarorligi kuchaygan.

 

Hozircha rasmiylar tomonidan jabrlanganlar haqida rasmiy axborot berilmagan. Biroq mahalliy OAV do‘l ko‘plab mashinalarga, tomlarga va qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazganini xabar qilmoqda. Mutasaddilar fuqarolardan ehtiyot bo‘lishni so‘ramoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"