Toshkentdagi qurilish obyektida yong‘in chiqdi
Uni bartaraf etishga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan.

Bugun, 22 may kuni soat 12:43 da Yashnobod tumani Ohangaron shohko‘chasidagi qurilish obyektida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Yong‘in natijasida yangi qurilayotgan baland qavatli uyning 11-qavatida taxminan 200 kvadrat metr maydonda qurilish yog‘och qoliplari yongan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘inni bartaraf etishga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 1 ta avtonarvon va 1 ta suv tashuvchi texnikalar jalb etilgan.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







