Fransiyalik fermer daryoda oltin quymalarini topdi
Topilma toʻrt million dollarga baholangan.

Frantsiyaning Overn viloyatida yashovchi fermer Mishel Dupont o‘z yeridan oqib o‘tuvchi kichik daryoda qadimiy oltin tangalarni topdi. Topilmaning umumiy qiymati 4 million dollarga baholanmoqda.
Mahalliy hokimiyat vakillari topilma yuzasidan nazoratni kuchaytirib, Dupontdan ruxsatsiz ishlarni davom ettirmaslikni talab qilgan. U kelasi qazish ishlari uchun maxsus ruxsatnoma olishi kerak bo‘ladi.
Rasmiylar bu kabi topilmalarga ehtiyotkorlik bilan yondashishni va madaniy merosni himoya qilishni ta’kidlamoqda.







