O'zbekiston

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

“Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish rejalashtirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevga loyiha doirasida mahallalarda ekologik muhitni yaxshilash va innovatsion yechimlarni joriy etishga qaratilgan takliflar taqdim etildi.

 

Davlat  rahbari ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

 

Shu munosabat bilan ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, yerni tayyorlashdan boshlab sug‘orish tizimini yaratish va ko‘chatlarni kamida uch yil parvarishlashgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oluvchi yondashuvlar taqdimot qilindi. Ekish muddatlarini har bir hududning ob-havo sharoiti va olimlar xulosasi asosida belgilash, mahalliy iqlimga mos, issiqlik, sovuqqa va suv tanqisligiga chidamli turlarga ustuvorlik berish ko‘zda tutilmoqda.

 

Taqdimotda “Yashil AI” modulini tajriba tariqasida ishga tushirish taklif qilindi. Sun’iy intellekt yordamida tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinib, ko‘chat ekish uchun maqbul maydonlar va daraxt turlari bo‘yicha tavsiyalar shakllantiriladi.

 

Shuningdek, tizim orqali ko‘chatlarning qurib qolishi, suv tanqisligi, kasallik va zararkunandalar xavfini erta aniqlash, mas’ullarni ogohlantirish va ko‘kalamzorlashtirish natijalarini yagona xaritada kuzatish imkoniyati yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

 

Taqdimotda mahallalar uchun “yashil xarita”lar ishlab chiqish, unda ko‘chat turi, ekiladigan joy va sug‘orish tizimini ko‘rsatish taklif qilindi. Shuningdek, mahallalarning yashil reytingini joriy etish hamda yuqori natijaga erishgan hududlarni qo‘shimcha mablag‘ va “yashil” loyihalar uchun mikrograntlar bilan rag‘batlantirish mexanizmlari muhokama qilindi.

 

Bundan tashqari, Yangihayot, Olot va Urgut hududlarida mahalliy sharoitga mos ko‘kalamzorlashtirish loyihalarini amalga oshirish, “3-30-300” tamoyilini joriy etish, zamonaviy ko‘chatxonalar va “in-vitro” laboratoriyalar tashkil etish takliflari ko‘rib chiqildi.

 

Mutasaddilarga taqdim etilgan takliflarni takomillashtirish, daraxtlarni ekish va parvarishlash tizimini kuchaytirish hamda yashil hududlarni saqlash ustidan nazoratni oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.