O'zbekiston

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

Bojxona xodimlari Tailanddan O‘zbekistonga 13 kilogrammdan ortiq narkotik modda olib kirilishiga chek qo‘ydi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

 

Bojxona qo‘mitasining “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tezkor tuzilmalari va “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.

 

5-sentyabr kuni Tailanddan uchib kelgan 51 yoshli O‘zbekiston fuqarosining bagajlari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, 3 ta vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar o‘rami ichidagi moddalar xodimlarda shubha uyg‘otgan.

 

Bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasida o‘tkazilgan ekspertiza natijasida shishalardagi to‘q jigarrang, o‘tkir hidli modda tarkibida tetragidrokannabinol mavjudligi aniqlangan. Modda O‘zbekistonda muomalasi taqiqlangan narkotik vosita — “gashish moyi” ekani ma’lum bo‘lgan. Uning og‘irligi 7 kilogramm 580 grammni tashkil etgan.

 

Surishtiruvlar davomida fuqaro Telegram’dagi “Absolyut” nomi ostida faoliyat yurituvchi “kurator” ko‘rsatmasiga ko‘ra, 1800 dollar evaziga narkotik moddalarni O‘zbekistonga olib kirib, Samarqand shahriga yetkazib berishi kerak bo‘lgani aniqlangan.

 

Tezkor tadbir Samarqand shahrida davom ettirilib, narkotik moddalarni qabul qilib olishi kerak bo‘lgan 47 yoshli fuqaro ham qo‘lga olingan. Uning yashash manzilini ko‘zdan kechirish vaqtida vino shishalari, idish yuvish geli qutisi va shprislarga joylangan “gashish moyi”, shuningdek, iste’mol qilinganda sarxushlik holatini keltirib chiqaruvchi quritilgan qo‘ziqorinlar aniqlangan.

 

Ushbu narkotik moddalarning umumiy og‘irligi qariyb 5,5 kilogrammni tashkil qilgan.

 

Shu tariqa, tezkor tadbirlar davomida jami 13 kilogramm 80 gramm “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.

 

Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, ushbu miqdordagi narkotik vosita qariyb 200 ming kishini giyohvandlikka jalb etish uchun yetarli bo‘lgan. Uning qora bozordagi qiymati oxirgi iste’molchiga yetib borguniga qadar 1,7 million dollardan oshishi mumkinligi qayd etilgan.

 

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.