0

Havodan benzin olish qurilmasi ishlab chiqildi

Qurilmani uy hovlisi yoki garajda bemalol saqlash mumkin.

Havodan benzin olish qurilmasi ishlab chiqildi

Amerikalik Aircela startapi havodagi karbonat angidrid (CO₂) gazidan suyuq yoqilg‘i — benzinga o‘xshash mahsulot olishga mo‘ljallangan yangi qurilmani namoyish qildi. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, ushbu yoqilg‘i hozirgi benzinli avtomobillar uchun to‘liq mos keladi va hech qanday texnik o‘zgarish talab etmaydi.

 

Qurilmaning hajmi kichik bo‘lib, uni uy hovlisi yoki garajda bemalol saqlash mumkin. Qurilmaning bir litr yoqilg‘ini qanchalik tez ishlab chiqarishi hozircha ma’lum emas. Startap mahsulotni ommaviy ishlab chiqarishni shu yilning kuzida boshlashni rejalashtirmoqda.

 

Mutaxassislar bu yangilikni avtomobil sanoati va ekologik barqarorlik yo‘lida katta qadam sifatida baholamoqda. Agar loyiha muvaffaqiyatli bo‘lsa, yoqilg‘i ishlab chiqarish sohasida inqilob yuz berishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"