Yaponiya internet tezlikda rekord o‘rnatdi
10 mingta filmni bir soniyada yuklab olish mumkin.

Yaponiya muhandislari internet tezligi borasida misli ko‘rilmagan yutuqqa erishdi. Ular 1808 kilometr masofaga 19 kanalli optik tolali kabel orqali soniyasiga 1 million gigabit tezlikda ma’lumot uzatishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu ko‘rsatkich internet uzatish tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi sifatida qayd etildi.
Ushbu ultra-tezkor aloqaning imkoniyatlari juda keng: bir soniyada 10 000 ta 4K formatdagi filmni yuklab olish mumkin. Bu texnologiya nafaqat oddiy foydalanuvchilar, balki sun’iy intellekt, ilmiy hisob-kitoblar va kvant hisoblash tizimlari uchun ham katta yutuq bo‘lishi kutilmoqda.
Ekspertlar fikricha, bu kabi texnologik siljishlar kelajakda internet infratuzilmasini tubdan o‘zgartiradi va global ma’lumot almashinuvi sifatini keskin oshiradi.







