0

Buyuk Britaniya yadroviy suv osti kemalari qurmoqchi

Bu haqda hukumat bosh vaziri e’lon qildi.

Buyuk Britaniya yadroviy suv osti kemalari qurmoqchi

Buyuk Britaniya hukumati 2030-yildan boshlab yangi avlod yadroviy suv osti kemalarini qurishni rejalashtirmoqda. Bosh vazir Ser Keir Starmer o‘zining asosiy xavfsizlik tahlilini e’lon qilib, bu tashabbus mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlashga qaratilganini ma’lum qildi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mavjud flotni 12 tagacha yangi an’anaviy qurolli yadroviy suv osti kemasi bilan almashtirish rejalashtirilgan. Bu loyiha doirasida yadroviy dasturga 15 milliard funt sterling ajratilishi ko‘zda tutilgan.

 

Mudofaa vazirligi bildirishicha, yangi suv osti kemalarini qurish 2030-yillarda 30 mingta ish o‘rni, shuningdek 30 ming shogird va 14 ming bitiruvchining malaka oshirishiga xizmat qiladi.

 

Bosh vazir Starmerning so‘zlariga ko‘ra, yangi kemalar Buyuk Britaniya va NATOni “o‘nlab yillar davomida xavfsiz saqlash”ga xizmat qiladi. Bugungi kunda “Astute” klassidagi yadroviy hujum suv osti kemalari Qirollik dengiz floti tarkibida faoliyat yuritmoqda. Ular razvedka ma’lumotlarini yig‘ish va dengizdagi harbiy vazifa guruhlarini himoya qilish kabi vazifalarni bajaradi.

 

Bosh vazir Starmer 2027-yilgacha mamlakat yalpi ichki mahsulotining 2,5 foizini mudofaaga sarflash majburiyatini olgan. Biroq, ichki va tashqi bosimlar uni bu ko‘rsatkichni 3 foizgacha oshirishga undamoqda. Liberal-demokratlar ham ushbu raqamni maqsad qilib qo‘yishni talab qilmoqda.

 

NATO bosh kotibi Mark Rutte esa ittifoqchi davlatlarni yalpi ichki mahsulotning 3,5 foizini mudofaa, 1,5 foizini esa unga aloqador xarajatlarga ajratishga chaqirdi.

 

Britaniya hukumati NATO doirasida Yevropaning yetakchi harbiy davlati maqomini saqlab qolishga intilayotganini bildirgan. Biroq, ko‘plab ittifoqchilar allaqachon Buyuk Britaniyaning harbiy xarajatlarini ortda qoldirgani bu niyatni amalga oshirishda murakkablik tug‘dirishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"