0

Sun’iy intellekt yordamida falaj bemor muloqot qila oldi

Bu innovatsiyaga Ilon Mask asos solgan.

Sun’iy intellekt yordamida falaj bemor muloqot qila oldi

Amiotrofik lateral skleroz (ALS) bilan og‘rigan falaj bemor Bred Smit sun’iy intellekt va miya implanti yordamida yana muloqot qila boshladi. Unga Ilon Mask tomonidan tashkil etilgan Neuralink kompaniyasining innovatsion miya-kompyuter interfeysi o‘rnatildi.

 

Avvaliga Smit ko‘z harakati orqali boshqariladigan qurilmadan foydalangan, biroq bu usul yorug‘likda ishlamay qolib, muloqotni sezilarli darajada sekinlashtirgan. Neuralink esa unga istalgan vaqtda o‘z fikrlarini ifoda etish imkonini berdi.

 

Bosh suyagiga o‘rnatilgan kichik qurilma 1024 ta elektrod yordamida miyadagi neyron signallarni qabul qilib, ularni simsiz tarzda kompyuterga uzatadi. Kompyuter esa ushbu signallarni sun’iy intellekt yordamida analiz qilib, ekranda kursor harakatiga aylantiradi.

 

Hozirda Smit oilasi bilan tez va qulay muloqot qilmoqda, farzandlari bilan o‘yinlar o‘ynay olmoqda. Bundan tashqari, u Ilon Maskning Grok sun’iy intellekt chatboti orqali yozishmalarni yanada tez va samarali amalga oshirmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"