0

Pekinda odamsimon robotlar do‘koni ochiladi

Robotlar real sharoitlarda sinovdan o‘tkaziladi.

Pekinda odamsimon robotlar do‘koni ochiladi

2025-yil avgust oyida Pekin shahrida ilk odamsimon robotlar do‘koni ochilishi rejalashtirilmoqda. China Daily xabariga ko‘ra, bu loyiha Butunjahon robotlar konferensiyasi doirasida taqdim etiladi va noyabr oyidan boshlab to‘liq faoliyat yuritadi.

 

Do‘kon 4S tizimiga asoslanadi — ya’ni savdo, xizmat ko‘rsatish, ehtiyot qismlar ta’minoti va texnik ko‘rikni o‘z ichiga oladi. Robotlar real sharoitlarda sinovdan o‘tkaziladi, va ular uchun maxsus namoyish zonalari yaratiladi.

 

UBTech, AgiBot, Galaxea kabi o‘nta kompaniya loyihada ishtirok etish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Do‘konda robotlarni yig‘ish, ta’mirlash va butlovchi qismlarni yetkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Sun’iy intellekt va harakat boshqaruvi texnologiyalari tufayli, odamga o‘xshash robotlar bozori yaqin uch yil ichida 1 trillion yuandan oshishi kutilmoqda. Xaridorlar robotlarni kreditga olish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"