Sirdaryoda qalbaki dollar sotayotgan shaxslar ushlandi
Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.B. (muqaddam sudlangan) va boshqalar fuqaro M.X.ga Oqoltin tumanidagi “Sardoba” YPX maskani oldida 100 AQSH dollarlik kupyuradagi qalbaki 1 600 AQSH dollarini 10,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







