Lifestyle

Amerikalik ota farzandlarini AI yordamida tarbiyalaydi

Oilada barcha bolalar uyda ta’lim oladi.

Amerikalik ota farzandlarini AI yordamida tarbiyalaydi

AQShning Texas shtatida yashovchi 44 yoshli mutaxassis Adam Lyons sun’iy intellekt yordamida 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan besh nafar farzandini tarbiyalaydi. U tadbirkorlikdan dars beruvchi o‘qituvchi sifatida texnologiyani oilaviy hayotga faol tatbiq qilmoqda.

 

Adamning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt bolalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni uning shaxsiy aralashuvisiz hal etishga yordam beradi. “Ular AI bilan bahslashishga urinadilar, lekin odatda yutqazib, oxir-oqibat rozi bo‘lishadi”, deydi u.

 

Oilada barcha bolalar uyda ta’lim oladi. To‘ng‘ich o‘g‘il Oliver 15 yoshida o‘rta maktabni tugatib, sun’iy intellekt yordami bilan o‘zining video o‘yinini yaratgan. Boshqa farzandlar ham har kuni AI’dan ta’lim va kundalik vazifalarda foydalanadi.

 

Adamning aytishicha, butun uy sun’iy intellekt bilan uyg‘unlashtirilgan – u chiroqlarni, termostatni va boshqa qurilmalarni boshqaradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"