MIB orqali 13,5 mlrd so‘mlik suv qarzdorligi undirildi
Shuningdek, 12,6 mln so‘mlik mol-mulk auksionga chiqarildi.

Samarqand viloyatida 19,3 mlrd so‘mlik 1997 ta sud hujjatlari bo‘yicha majburiy ijro harakatlari olib borilib, 13,5 mlrd so‘mlik 1641 tasining ijrosi taʼminlandi.
Shundan, 1107 ta ijro hujjati bo‘yicha 5,7 mlrd so‘m mablag‘ amalda undirildi.
Qonunning 64-moddasiga muvofiq 650,5 mln so‘mlik 147 ta ijro ishlari bo‘yicha undiruv qarzdorlarning oylik ish haqi va boshqa daromadlariga qaratildi.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 129,6 mln so‘mlik 46 nafar qarzdorlarga tegishli mol-mulklar xatlandi, 12,6 mln so‘mlik 6 tasi auksion savdolariga chiqarildi.
Hozirda, 5,7 mlrd so‘mlik 356 ta hujjatlari bo‘yicha majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda.







