O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga boradi
Tashrif Mo‘g‘uliston Prezidenti taklifiga binoan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 24–25-iyun kunlari Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda Montsame axborot agentligi xabar berdi.
Tashrif Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan amalga oshiriladi. Bu tashrif, 1992-yilda ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgandan buyon O‘zbekiston Prezidentining Mo‘g‘ulistonga ilk davlat tashrifi hisoblanadi. Bu, shuningdek, 2024-yilda Mo‘g‘uliston Prezidentining Toshkentga qilgan tashrifiga javob tarzida bo‘lib o‘tmoqda.
Davlat tashrifi doirasida ikki davlat rahbarlari rasmiy muzokaralar olib boradi, o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, hamkorlikni kengaytirish hamda mintaqaviy va xalqaro maydonlardagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 25-yanvarda o‘rnatilgan.







