O'zbekiston

O‘zbekistonda chigirtkalar 500 ming gektardan ortiq hududni qamrab oldi

Ayni paytda O'zbekistonning 6 ta hududida chigirtkalarga qarshi kurash ishlari davom etmoqda.

O‘zbekistonda chigirtkalar 500 ming gektardan ortiq hududni qamrab oldi

 

O‘zbekistonda chigirtkalar 524,9 ming gektar maydonga tarqaldi. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xabar berdi.

 

Ma'lum qilinishicha, 515,8 ming gektardan ortiq hududda zararkunandalarga qarshi kimyoviy ishlov berilgan. Monitoring esa umumiy 885,9 ming gektar maydonda olib borilgan.

 

Kurash ishlari ayniqsa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Navoiy va Toshkent viloyatlarida faol olib borilmoqda.

 

Bu hududlarda saksovul humpback (cho‘l chigirtkalari) kabi xavfli turlarga qarshi maxsus kimyoviy vositalar qo‘llanilmoqda.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Xorazm va Buxoro viloyatlarida esa chigirtkalar o‘chog‘i to‘liq yo‘q qilingan.

 

Kimyoviy ishlovlar ertalab va kechqurun, ya’ni zararkunandalar faol bo‘lgan paytda amalga oshiriladi. Kunduzi esa monitoring ishlari davom ettiriladi.

 

Aholi chigirtkalar tarqalayotgani haqida xabar berish uchun 1288 yoki (71) 202-10-00 raqamlariga murojaat qilishi mumkin.

 

Barcha ishlovlar va dori vositalari bepul taqdim etiladi.

 

Agentlik vakilining ta’kidlashicha, tabiiy muvozanatni buzmaslik uchun kimyoviy vositalardan faqat zarur hollarda foydalaniladi. Chunki chigirtkalarni qushlar, boshqa hasharotlar va amfibiyalar kabi tabiiy “yeyuvchilar” ham nazorat qiladi.

 

Toshkentda kuzatilgan chigirtkalar esa qishloq xo‘jaligi uchun xavfli hisoblangan podalar turiga kirmaydi. Zararkunanda soni 1 kv.m. da 10 donadan oshgan holatdagina kurash choralari ko‘riladi.

 

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda 608 ming gektardan ortiq maydonda chigirtkalar tarqalishi ehtimoli bor. Shu bois kurash rejalari kengaytirilmoqda.

 

Shuningdek, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston birgalikda chegara hududlarda chigirtkalarga qarshi kurash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish, xalqaro fitosanitariya standartlarini joriy etish va ma’lumot almashish tizimini yaratishni rejalashtirmoqda.

custom img

Buxoroning tarixiy hududida elektroskuter va elektrosamokatlardan foydalanish cheklanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"