O'zbekiston

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada o‘tkazilgan 10-yubiley Terres Travel Festival – Films & Creativity 2026 festivalida oltin mukofotga sazovor bo‘ldi. Mazkur festivalda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan audiovizual loyihalar ishtirok etdi. “Turistik xizmat” (Tourism Service) nominatsiyasidagi ushbu mukofot “Oskar” mukofoti sovrindori Ben Kingsli ishtirok etgan “Ma’rifat aks-sadosi” filmiga topshirildi.

 

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mualliflik megashaklidagi loyihasi bo‘lib, islom sivilizatsiyasining ilmiy, ma’naviy va madaniy merosini o‘rganish, saqlash hamda dunyoga namoyish etishga qaratilgan.

 

 

Terres festivalining oltin mukofoti “Ma’rifat aks-sadosi” filmining xalqaro muvaffaqiyatlarini davom ettirdi. Film 2026 yilda New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalistiga aylangan, Belgraddagi SILKFEST 26 festivalida e’tirof etilgan va ketidan Ispaniyada Terres oltin mukofotiga ega bo‘ldi. Ushbu loyiha O‘zbekistonni tarixiy xotira, ilm-fan, madaniyat va ma’rifat maskani sifatida namoyon etib, islom sivilizatsiyasining insoniyat tafakkuri rivojiga qo‘shgan hissasini ochib beradi.

 

Terres Travel Festival mamlakatlar va hududlarning turistik salohiyatini namoyon etadigan, ularning madaniy merosiga qiziqish uyg‘otadigan hamda xalqaro auditoriyani sayohat qilishga ilhomlantiradigan loyihalarni e’tirof etadi. Ushbu kontekstda “Ma’rifat aks-sadosi” filmi O‘zbekistonni nafaqat sayyohlik yo‘nalishi, balki tarix, madaniyat, ilm-fan va ma’naviy meros tutashgan buyuk olimlar, mutafakkirlar va kashfiyotlar zamini sifatida namoyon etadi.

 

 

Loyihada afsonaviy Ben Kingslining ishtiroki alohida o‘rin egallaydi. Aktyor “Gandi” filmidagi roli uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan va jahon auditoriyasiga “Tabib” (The Physician) tarixiy dramasidagi Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) obrazi orqali yaxshi tanish. “Ma’rifat aks sadosi” filmida Kingsli O‘zbekistonning yetuk olim va mutafakkirlariga murojaat qilib, ilm-fan, ta’lim, madaniyat va insoniyat tafakkuri rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan islom sivilizatsiyasi haqida hikoya qiladi.

 

Terres oltin mukofoti Markazning xalqaro yutuqlari qatorini boyitdi. 2026-yilda u Ginnesning rekordlar kitobiga “Islom sivilizatsiyasining eng yirik muzeyi” sifatida rasman kiritildi, TO‘RKSOY esa uni “Turk dunyosining eng yaxshi muzeyi” deb tan oldi. 2025-yilda Markaz Xalqaro Avitsenna mukofotini qo‘lga kiritgan edi. Bunga qo‘shimcha ravishda, Singapurda o‘tkazilgan Butunjahon halol turizm sammitida u “Yilning islomiy meros obyekti” mukofoti bilan taqdirlandi.

 

 

Terres Travel Festival Kataloniyaning Tortosa shahrida o‘tkaziladi va sayohatlar, turizm, madaniyat hamda hududlar haqidagi filьmlarga bag‘ishlanadi. Festival CIFFT — Turizm filmlari festivallari xalqaro qo‘mitasining rasmiy a’zosi hisoblanadi. Mukofotlangan ishlar CIFFT Ranking – World’s Best Tourism Films reytingida ishtirok etadi.

 

Film bosh prodyuseri — Firdavs Abduxoliqov.

Ssenariy muallifi va rejissyor — Shohruh Rasulov.

Prodyuser — Gayrat Muminov.

Ijrochi prodyuser — Sayyora Xudoyberdiyeva.

custom img

Buxoroning tarixiy hududida elektroskuter va elektrosamokatlardan foydalanish cheklanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"