O'zbekiston

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga Hindiston hamda Bangladesh fuqarolarini talabalikka qabul qilmaslik bo‘yicha og‘zaki ko‘rsatma bergani haqida tarqalgan xabarlar rad etildi.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, joriy o‘quv yilidan boshlab xorijlik abituriyentlarni O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilish jarayoni “Study in Uzbekistan” yagona elektron platformasi orqali amalga oshirilmoqda.

 

Platforma orqali xorijlik abituriyentlar O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlari, ta’lim dasturlari, qabul shartlari va to‘lovlar haqida ma’lumot olishi, hujjatlarini elektron tarzda topshirishi va ariza holatini kuzatishi mumkin.

 

Vazirlikning qayd etishicha, yangi tizim xorijlik abituriyentlar uchun qabul jarayonini ochiq va shaffof qilish, ularni vositachilarga bog‘liq holatdan chiqarish hamda oliy ta’lim tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkonini berishga qaratilgan. Platformada ro‘yxatdan o‘tish bepul.

 

Shuningdek, vazirlik O‘zbekiston xorijiy talabalar oqimini cheklashdan emas, uni kengaytirishdan manfaatdorligini ma’lum qildi. Bunda xorijiy talabalar geografiyasini kengaytirish va ta’lim eksportini rivojlantirish maqsad qilingan.

 

Xorijiy talabalarni qabul qilish hajmi esa har bir oliy ta’lim tashkilotining imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Bunda o‘quv auditoriyalari, laboratoriya bazasi, professor-o‘qituvchilar salohiyati, talabalar turar joylari va boshqa infratuzilma imkoniyatlari hisobga olinadi.

 

Vazirlik xorijlik abituriyentlarga O‘zbekistonda ta’lim olish bo‘yicha rasmiy “Study in Uzbekistan” platformasidan foydalanish, qabul shartlari haqida ma’lumotni bevosita tanlangan oliy ta’lim tashkilotidan olish va vositachilarga asossiz to‘lovlarni amalga oshirmaslikni tavsiya qildi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.