OTMlarda kontrakt miqdori 15 foizga oshirildimi?
Zamon.uz tarqalayotgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

Kuni kecha ijtmoyi tarmoqlarda Oliy taʼlim muassasalarida kontrakt miqdori ishirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Unga ko‘ra, hozirda Vazirlik rahbariyatiga kontrakt miqdorini oshirish bo‘yicha taklif kiritilgan. Agar u tasdiqlansa, kontrakt summasi 10-15 foizgacha ko‘tariladi.
Ushbu tarqalayotgan xabarlarga oydlinlik kiritish maqsadida zamon.uz Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan bog‘landi. Vazirlik matbuot kotibining maʼlum qilishicha, 2025/2026 o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalarida to‘lanadigan shartnoma (kontrakt) to‘lovlarining yakuniy miqdori hali tasdiqlanmagan. Mazkur masala bo‘yicha barcha maʼlumotlar vazirlikning rasmiy axborot kanallari orqali eʼlon qilinadi.







