O'zbekiston

Ixstisoslashgan maktablarning imtihon natijalari atrofida nimalar bo‘lyapti?

Tunda natijalar eʼlon qilinib o‘chirilgani, unda baʼzi yuqori ball to‘plaganlar o‘qishga qabul qilinmagani haqida xabarlar tarqaldi.

Ixstisoslashgan maktablarning imtihon natijalari atrofida nimalar bo‘lyapti?

Kecha, 29 iyul kuni Telegramdagi botlar orqali Ixtisoslashgan maktablarga hujjat topshirgan o‘quvchilarning natijalari eʼlon qilingandi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda esa ayrim yuqori ball to‘plagan talabgorlar qabul qilinmagan, aksincha kamroq ball olganlar tavsiya etilgan holatlar aks etgan xabarlar tarqalgani kuzatildi.

 

Bu holatga Ixtisoslashtirilgan maktablar agentligi sobiq matbuot kotibi Jo‘rabek Jangirov munosabat bildirib, imtihon natijalarini bilish uchun tashlangan bot agentlik tomonidan o‘chirilganini va mavjudlari esa ishlamayotganini maʼlum qildi.

 

“Hozircha botlardagi natijalar noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Hozirgi natijalarga ishonib xursand yoki xafa bo‘lib yurmang”, deb yozadi Jangirov.

 

Hozirda har ikki post ham uning sahifasidan o‘chirilgan.

 

Ixtisoslashgan maktablar agentligining maʼlum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari bo‘yicha rasman tasdiqlanmagan maʼlumotlar tarqalmoqda.

 

Imtihon natijalari rasman eʼlon qilinmagan. Ayni paytda natijalarni shakllantirish ishlari yakuniy bosqichda.

 

“Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi imtihon natijalarini bugun kunning ikkinchi yarmida rasmiy sahifalari orqali eʼlon qilinishini maʼlum qiladi”, deyiladi rasmiy xabarda.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"