O'zbekiston

Urgut tuman madaniyat bo‘limi rahbari o‘ta uyatli so‘zlar bilan ayollarni haqorat qildi

Madaniyat vazirligining Zamon.uz'ga ma'lum qilishicha, ayni paytda holat yuzasidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.

Urgut tuman madaniyat bo‘limi rahbari o‘ta uyatli so‘zlar bilan ayollarni haqorat qildi

Urgut tuman madaniyat bo‘limi boshlig‘i Dils­hod Atamurodovga tegishli deb iddao qilinayotgan audioyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng jamoatchilik e’tiborini tortdi. Audioyozuvda rahbarning hamkasb ayollar sha’niga nisbatan haqoratli va uyatli so‘zlar ishlatgani eshitiladi. Ma’lum bo‘lishicha, bu so‘zlar kichik yig‘ilish chog‘ida aytilgan va hatto “latifa” sifatida talqin qilingan.

 

Mutaxassislar bunday xatti-harakatlar nafaqat odob-axloqqa, balki mehnat kodeksiga va davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun talablariga ham zid ekanini ta’kidlamoqda. Qonunchilikka ko‘ra, davlat xizmatchisi professional, xolis va odobli bo‘lishi shart, ayollarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish esa kamsitish va haqorat sifatida javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

 

Bu voqea fonida davlat idoralarida odob-axloq va etik me’yorlarga amal qilinishi masalasi yana kun tartibiga chiqdi. So‘nggi yillarda bir nechta davlat xizmatchilarining nomaqbul so‘z va xatti-harakatlari aks etgan video va audio yozuvlar tarqalgani, ammo ulardan ko‘piga yetarlicha choralar ko‘rilmagani tanqid qilinmoqda.

 

Vodeaga Madaniyat vazirligi rasmiy izoh berdi. Unga ko'ra, hozirda Madaniyat vazirligi ushbu holatni tegishli tartibda o'rganmoqda. Keyinroq holat yuzasidan batafsil ma'lumot beriladi.

custom img

625 grammlik “yuk”: uch holat fosh etildi

Xorazm va Jizzaxda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda giyohvandlik vositalari yashirilgan uchta holat fosh etildi.

custom img

Ekopolitsiya xodimi o‘limi: uch nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ekopolitsiya inspektori Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd davomida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan edi.

custom img

Reysingiz kechikdimi? Endi sizga kompensatsiya to‘lanishi mumkin

Raqobat qo‘mitasiga havo transporti xizmatlari bo‘yicha murojaatlar soni yilning birinchi yarmida 4,1 baravarga oshgan.

custom img

Navoiydagi konda fojia: ikki ishchi halok bo‘lgan, jabrlanganlar ham bor

Hozircha NKMK voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirganicha yo‘q.

custom img

20 millionlik jarimani “yo‘q qilish” 500 dollarga tushdi

Samarqandda “Energosavdo” muhandisi 20 mln so‘mlik jarimani bekor qilish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Glinkadagi portlashdan keyin “navbat” yana 10 ta gaz quvurlariga keldi

Hodisadan so‘ng Toshkentning boshqa hududlaridagi gaz tarmoqlarini tekshirish uchun maxsus ishchi guruh tuzildi.

custom img

2 200 dollar evaziga “Umra”: firma vakillari qo‘lga tushdi

Farg‘ona va Namanganda fuqarolarni noqonuniy ravishda “Umra” ziyoratiga yuborishni vaʼda qilib, pul talab qilgan sayyohlik firmasi vakillari qo‘lga olindi.

custom img

77 ta chiqindi poligonida saralash xizmati bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Tanlov orqali chiqindilarni saralashni yo‘lga qo‘yish va qayta ishlashga yo‘naltiriladigan chiqindilar hajmini oshirish ko'zda tutilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"