O'zbekiston

Saudiyadan Islom sivilizatsiyasi markazida namoyish etish uchun noyob artefaktlar olib kelindi

Saudiya Arabistoni Jidda shahridagi Islom sanʼati uyi Markaz ochilishi doirasida o‘tkaziladigan ko‘rgazmada namoyish etish uchun 13 ta nodir va qimmatbaho eksponatni taqdim etdi.

Saudiyadan Islom sivilizatsiyasi markazida namoyish etish uchun noyob artefaktlar olib kelindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi dunyodagi yetakchi ilmiy va madaniy muassasalar bilan yaqin hamkorlik olib bormoqda. Shu hamkorlikning yorqin namunasi sifatida Saudiya Arabistoni Jidda shahridagi Islom sanʼati uyi Markaz ochilishi doirasida o‘tkaziladigan ko‘rgazmada namoyish etish uchun 13 ta nodir va qimmatbaho eksponatni taqdim etdi.

 

 

Eksponatlar 2025 yil sentyabridan 2026 yil mart oyigacha O‘zbekistonda namoyish etiladi. Ular islom dunyosi tarixi, madaniyati va O‘zbekistonning maʼnaviy merosi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yurtdoshlarimiz va xorijiy mehmonlarga boy tarixiy xazina bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.


Markaz ilmiy xodimi Elyor Mullajonov taʼkidlaganidek, eksponatlar orasida eng nodirlaridan biri — Mamluklar davridagi Muqaddas Kaʼba kalitlari jezdan yasalgan, kumush bilan bezatilgan va Qurʼon oyatlari o‘yib yozilgan noyob asar hisoblanadi.

 

 

Ko‘rgazmada namoyish etiladigan asarlar turli davr va hududlarga mansub bo‘lib, ular orasida:


▪️G‘aznaviylar davridagi qumgan — o‘yma naqshlar bilan bezatilgan quyma bronza namunasi;


▪️Saljuqiylar davridagi siyohdon — toshdan o‘yilgan badiiy asar;


▪️Ilk islom davri sopol laganlari — hijriy IV–V asrlarda yaratilgan;


▪️Qurʼon qo‘lyozmalari — Sharqiy kufiy va nasx xatda bezakli nusxalar;


▪️Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonuni” asaridan sahifalar — 1549 yildagi ilk nashrdan;


▪️Mahmal — Kaʼba kisvasini tashishda ishlatilgan marosimiy hovlid;


▪️Hazrati Ibrohim maqomi pardasi — Usmoniylar davrida tikilgan noyob asar;


▪️Shaxmat toshlari — hayvon suyagidan o‘yilgan o‘yin jihozlari;


▪️Tarixiy kitob muqovasi — oltin va bo‘yoqlar bilan bezatilgan Markaziy Osiyo namunasi.

 

Mazkur hamkorlik nafaqat islom dunyosi madaniy merosini keng targ‘ib etadi, balki Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, ilm-fan va sanʼat sohasida tajriba almashishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

custom img

Buxoroning tarixiy hududida elektroskuter va elektrosamokatlardan foydalanish cheklanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"