O'zbekiston

Markaziy bank huzurida Islomiy moliya kengashi tashkil etiladi

2026–2030-yillarda O‘zbekistonda kamida ikki islomiy bank tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Markaziy bank huzurida Islomiy moliya kengashi tashkil etiladi

 

Shavkat Mirziyoyev 25-mart kuni bank tizimida islomiy moliya mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ta’kidlanishicha, mamlakat bank tizimida islomiy moliya instrumentlarini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilmoqda. Jumladan, murobaha, muzoraba, vakala, salam va istisno, mushoraka hamda islomiy ijara kabi moliyaviy mexanizmlarni amaliyotga tatbiq etish ko‘zda tutilgan. Mazkur instrumentlar orqali mijozlarni turli shakllarda moliyalashtirish, yangi investitsiyalarni jalb qilish hamda moliyaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish imkoniyati yaratiladi.

 

Taqdimot davomida ushbu sohada soliq va huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, sotilgan tovar ustamasiga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanmasligi, investitsiyaviy omonatlardan olingan daromadlarni soliqdan ozod qilish, shuningdek, islomiy ijara shartnomalarini moliyaviy ijara va lizing bilan tenglashtirish kabi chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.

 

Islomiy moliya tizimini tizimli ravishda rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzurida Islomiy moliya kengashi tashkil etiladi. Shuningdek, islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatuvchi banklarda ham alohida kengashlar tuzilib, ular sohada standartlar ishlab chiqish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash hamda shariat tamoyillariga muvofiqlik ustidan nazoratni amalga oshiradi.

 

Rejalarga ko‘ra, joriy yilda kamida bitta tijorat bankida islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatadigan maxsus “islomiy darcha” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 2026–2030-yillar davomida esa to‘liq islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi kamida ikkita bank tashkil etish ko‘zda tutilgan.

 

Ta’kidlanishicha, ushbu islohotlar orqali 2026–2030-yillarda qo‘shimcha 1 milliard dollar miqdorida investitsiya va depozitlarni jalb etish imkoniyati yaratiladi.

 

Shuningdek, yig‘ilishda 2026-yilda Toshkentda xalqaro moliya markazi tashkil etilishi rejalashtirilayotgani ham ma’lum qilindi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030-yilgacha ushbu markaz orqali iqtisodiyotga 20–25 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilish, yalpi ichki mahsulot o‘sishiga har yili 1 foizgacha hissa qo‘shish, shuningdek 15 mingtagacha yuqori malakali ish o‘rni yaratish hamda 10 ming nafar mutaxassisning malakasini oshirish imkoniyati mavjud.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.