O'zbekiston

Toshkent va Nurafshon o‘rtasida BRT avtobus yo‘lagi quriladi

BRT tizimi 2028-yil oxiriga qadar ishga tushiriladi.

Toshkent va Nurafshon o‘rtasida BRT avtobus yo‘lagi quriladi

Toshkent va Nurafshon shaharlari o‘rtasida tezyurar avtobuslar (BRT) tizimi ishga tushiriladi. Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi mazkur yo‘nalishda BRT tizimini joriy etish loyiha konsepsiyasini tasdiqladi. 

 

Loyihaning umumiy qiymati taxminan 120 mln AQSH dollarini tashkil etadi.

 

Qarorda qayd etilishicha, poytaxt bilan viloyat markazini bog‘laydigan mavjud transport infratuzilmasi hozirgi yuklamalarga mos kelmaydi. Hozirda yo‘nalishda transport oqimining 92−94 foizi shaxsiy avtomobillar hissasiga to‘g‘ri keladi, jamoat transporti esa 1 foizdan ham kam. Bu esa yo‘l o‘tkazuvchanligini pasaytiradi va tirbandliklarga sabab bo‘ladi.

 

Loyiha doirasida mavjud 4 tasmali yo‘l xalqaro standartlarga mos Ib-toifali shahar magistrali darajasiga ko‘tariladi va intellektual boshqaruv tizimi joriy etiladi. Yo‘lning Toshkent qismida 12−16 ta harakatlanish yo‘lagi, shahar atrofida 8 ta va Nurafshonda 10 ta yo‘lak rejalashtirilgan. 

 

Alohida yo‘lning uzunligi 23 kmni tashkil etadi, loyihaviy tezlik esa 80−100 km/soat (aholi punktlarida 60 km/soatgacha) bo‘ladi.

 

BRT tizimi ishga tushgandan so‘ng Toshkent va Nurafshon o‘rtasida qatnov vaqti 2 baravar qisqaradi va 150 mingdan ortiq aholining yo‘ldan kundalik harakatlanish imkoni bo‘ladi.

 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyihaning qiymati quyidagicha taqsimlangan:

 

Yo‘l ishlari (asfalt-beton qoplamasi) — 61,578 min dollar;

 

Ko‘priklar va suv quvurlari — 5,266 min dollar;

 

BRT stansiyalari (9 ta) — 16,331 min dollar;

 

Muhandislik tarmoqlari — 8,035 min dollar;

 

Yoritish tizimi — 6,899 min dollar;

 

Intelligent transport system (ITS) — 13,354 min dollar;

 

Ko‘kalamzorlashtirish — 2,483 min dollar;

 

Ko‘zda tutilmagan xarajatlar — 5,697 min dollar;

 

Tizimning 2028-yil oxiriga qadar ishga tushirilishi va poytaxt bilan viloyat markazini zamonaviy tezyurar transport qatnovi bilan bog‘lashi rejalashtirilgan.

 

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.