Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Serbiya Prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda asosiy e’tibor bir qator sohalarda kooperatsiya dasturini ishlab chiqish masalalariga qaratildi.

O‘zbekiston Prezidenti Serbiya Prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, ko‘p qirrali O‘zbekiston – Serbiya munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

 

Asosiy e’tibor tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, qayta ishlash, kimyo va elektrotexnika sanoati, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi hamda turizm kabi sohalarda kooperatsiya dasturini ishlab chiqish masalalariga qaratildi.

 

 

Gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, rektorlarning birinchi forumi hamda Kino va madaniyat kunlarini o‘zaro o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

 

Yetakchilar xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildi.

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSST Bosh direktori bolalar onkologiyasi sohasidagi yetakchiligi va bolalar salomatligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Birinchi xonimiga xalqaro mukofotni topshirdi.

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Ashxoboddagi muloqotda O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston har bir Amerika kompaniyasi bilan bevosita muloqot o‘rnatishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Unga Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi.

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

AQSh Davlat kotibining aytishicha, yuzlab Amerika kompaniyalari O‘zbekistonga uzoq muddatli hamkorlik uchun kelgan.

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva va Marko Rubio Samarqanddagi Registon maydoniga tashrif buyurdi.

Kosmik hamkorlik: O‘zbekiston–AQSh Artemida bitimlarini imzoladi

Kosmik hamkorlik: O‘zbekiston–AQSh Artemida bitimlarini imzoladi

Samarqandda Baxtiyor Saidov va Marko Rubio O‘zbekiston–AQSh strategik sherikligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Trampning O‘zbekistonga safari qachon bo‘ladi? Rubio javob berdi

Trampning O‘zbekistonga safari qachon bo‘ladi? Rubio javob berdi

Marko Rubioning aytishicha, safar muddatlari kelasi yili ko‘rib chiqiladi.