O'zbekiston

O‘zbekistonda 1 foizlik soliq keshbeki bekor qilinishi mumkin

Ommaviy rag‘batlantirish o‘rniga soliq xavfi yuqori bo‘lgan sohalarda manzilli rag‘batlantirish va davlat lotereyalarini joriy etish tavsiya qilinmoqda. Bu orqali byudjet xarajatlarini qariyb 20 baravarga qisqartirish mumkin.

O‘zbekistonda 1 foizlik soliq keshbeki bekor qilinishi mumkin

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish, fiskal tahlillar instituti O‘zbekistonda amalda qo‘llanilayotgan 1 foizlik soliq keshbeki mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha tahlil e’lon qildi.

 

Unda qayd etilishicha, soliq keshbeki tizimi onlayn nazorat-kassa mashinalari joriy etilayotgan dastlabki bosqichda xaridorlarni fiskal chek talab qilishga rag‘batlantirish, savdo aylanmalarini rasmiylashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishda muhim vosita bo‘lgan. Mazkur mexanizm orqali fuqarolar jamoatchilik soliq nazoratiga jalb etilgan, har bir xaridni rasmiy qayd ettirishga moddiy manfaatdorlik yaratilgan.

 

Institut ekspertlari fiskal chek olish odati shakllangach, ommaviy pulli rag‘batlantirishga ehtiyoj bosqichma-bosqich kamayishini ta’kidlagan. Ularning fikricha, davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘lar iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlik nuqtayi nazaridan muntazam baholab borilishi lozim.

 

Tahlilda keltirilishicha, soliq keshbekini moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan 2022-yilda 820 milliard so‘m, 2023-yilda 1,24 trillion so‘m, 2024-yilda 1,05 trillion so‘m, 2025-yilda 1,51 trillion so‘m yo‘naltirilgan. 2026-yilda esa ushbu ko‘rsatkich 1,81 trillion so‘mga yetishi prognoz qilinmoqda.

 

Shu bilan birga, aylanmadan olinadigan soliq tushumlari o‘sishda davom etayotgan bo‘lsa-da, ularning o‘sish sur’ati keshbek joriy etilgan dastlabki yillardagiga nisbatan sekinlashgani qayd etilgan. Institut bunga keshbek xarajatlari oshib borayotgani soliq tushumlari o‘sishi bilan mutanosib kechmayotganini sabab sifatida keltirgan.

 

Tahlilda yana bir jihatga e’tibor qaratilgan. Unga ko‘ra, 2026-yil may oyida xaridorlarga to‘langan 146,6 milliard so‘mlik soliq keshbekining 15,7 milliard so‘mi yoki 10,7 foizi eng yirik o‘nta savdo tarmog‘i hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ekspertlar bunday holatda davlat mablag‘larining bir qismi soliq keshbekisiz ham rasmiylashtirilishi muqarrar bo‘lgan xaridlarni rag‘batlantirishga sarflanayotganini qayd etgan.

 

Institut zamonaviy soliq ma’murchiligida sun’iy intellekt, Big Data texnologiyalari, elektron hisobvaraq-fakturalar, onlayn nazorat-kassa mashinalari, raqamli markirovkalash hamda elektron tijorat platformalari keng qo‘llanilayotgani sababli soliq xavflarini xaridorlarning doimiy ishtirokisiz ham aniqlash imkoniyati kengayganini bildirgan.

 

Shu munosabat bilan fiskal cheklarni ommaviy rag‘batlantirishdan bosqichma-bosqich voz kechib, soliq xavfi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda manzilli rag‘batlantirish tizimiga o‘tish taklif etilgan.

 

Xususan, umumiy ovqatlanish korxonalari, kichik chakana savdo obyektlari va boshqa xavfi yuqori sohalarda fiskal cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazgan xaridorlar o‘rtasida davlat lotereyalarini tashkil etish tavsiya etilgan. Sovrin sifatida avtomobillar, sayyohlik yo‘llanmalari hamda qiymati 5 million so‘mdan yuqori bo‘lgan boshqa qimmatbaho mukofotlarni o‘ynash taklif qilingan.

 

Institut hisob-kitoblariga ko‘ra, bunday mexanizmni moliyalashtirish uchun yiliga 100 milliard so‘mgacha mablag‘ yetarli bo‘ladi. Bu amaldagi keshbek tizimiga nisbatan davlat byudjeti xarajatlarini qariyb 20 baravarga kamaytirish imkonini beradi.

 

Tahlilda ommaviy keshbek mexanizmidan ayrim hollarda soxta hisob-kitob operatsiyalarini rasmiylashtirish orqali noqonuniy foydalanish holatlari ham uchrayotgani qayd etilgan. Bunday sxemalarni onlayn nazorat-kassa mashinalari, elektron hisobvaraq-fakturalar, to‘lov tizimlari va boshqa davlat axborot resurslari ma’lumotlarini o‘zaro solishtirish orqali avtomatik aniqlash zarurligi ta’kidlangan.

 

Institut xulosasiga ko‘ra, soliq keshbeki fiskal chek olish madaniyatini shakllantirish va chakana savdo shaffofligini oshirishda muhim rol o‘ynagan. Biroq raqamli iqtisodiyot rivojlanishi sharoitida soliq ma’murchiligini riskka asoslangan nazorat, manzilli rag‘batlantirish va raqamli shaffoflik tamoyillari asosida takomillashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ehtiyojga qarab psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Kamchiliklarning asosiy qismi boshqa tillarda yozilgan peshlavha va reklamalarga, shuningdek, imloviy xatolar hamda so‘zlar ma’nosining buzilishiga taalluqli.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Hujjatga muvofiq, alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi.