O'zbekiston

Buxoro va Jizzaxda ham davlat bog‘chalari vaqtincha yopiladi

Viloyatlarda havo haroratining 43–45 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

Buxoro va Jizzaxda ham davlat bog‘chalari vaqtincha yopiladi

 

Buxoro viloyati va Jizzax shahrida anomal issiq ob-havo sabab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, viloyatda havo haroratining 44–45°C gacha ko‘tarilishi kutilayotgani hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xulosasiga asosan 2026-yil 15–17-iyul kunlari barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Davlat bog‘chalari 20-iyuldan boshlab odatiy tartibda o‘z faoliyatini davom ettiradi.

 

Rasmiy xabarda ota-onalardan mazkur cheklovni bolalar salomatligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik chora sifatida to‘g‘ri qabul qilish hamda ushbu kunlarda farzandlar salomatligiga alohida e’tibor qaratish so‘ralgan.

 

Shuningdek, Jizzax shahri hokimining farmoyishiga ko‘ra, anomal issiq ob-havo va havo haroratining 41–43°C gacha ko‘tarilishi prognoz qilinayotgani sababli 2026-yil 15–17-iyul kunlari Jizzax shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ham vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Mazkur qarorlar bolalar salomatligini muhofaza qilish va yuqori haroratning salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida qabul qilingan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jazirama issiq sabab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ham vaqtincha to‘xtatilgani ma’lum qilingan.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"